image description

Joriy yilning 15-may kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalarga muvofiq boshlangan “Dolzarb to‘qson kunlik” tadbirlari doirasidagi topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi, “Buxara best” elektron nashri hamda viloyat Bolalar kutubxonasi hamkorligida umumta'lim maktablarining 8-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "ENG YAXSHI KITOBXON O'QUVCHI"  onlayn ko'rik-tanlovi o’tkaziladi.

🗓Tanlov 2025-yil 21-22-may kunlari bo'lib o'tadi.

📖Tanlov savollari soat 14.00da https://t.me/buxorovbk kanalida e'lon qilinadi. 

✅Tanlov sharti bilan quyidagi Nizom (https://telegra.ph/bvmmtbuz-05-20-4) orqali tanishing

📚Adabiyotlar ro'yxati (https://telegra.ph/httpstmebuxorovbk-05-19-2) 
 
📌Tanlov g'oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.