image description

❇️"MEN G'OLIBMAN" LOYIHASI. MUSO TOSHMUHAMMAD O'G'LI OYBEK TAVALLUDINING 120 YILLIGI MUNOSABATI BILAN "OYBEK  ASARLARI BILIMDONI"  ONLINE VIKTORINA O'TKAZILADI.

🗓Viktorina 2025-yil 15-16-may kunlari  umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo'lib o'tadi.

🔰 Viktorina 2 ta shart asosida o'tkaziladi va jami 50 ball bilan baholanadi. 

📖Viktorina savollari soat 14.00da  https://t.me/buxorovbk  kanalida bo'lib o'tadi. 

♻️1-shart: "Zukko kitobxon" sharti bo'lib, bu shartda birinchi kun 20 ta savol beriladi,  javob yozish uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi.  Ushbu shart 40 ballgacha baholanadi. 

✳️ 2-shart: "Asar nomini top" sharti bo'lib, bu shartda Oybek asarlaridan parcha beriladi. Ushbu shartga javob yozish uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi va 10 ballgacha baholanadi. 

💠 Savollar Oybekning "Qutlug' qon", "Fanarchi ota", "Bolaning ko'ngli podshoh", "Navoiy", "Bolalik", "Oltin vodiydan shabadalar" kabi asarlaridan beriladi.

📌Savollarga  birinchi va to'g'ri javob bergan ishtirokchi viktorina g'olibi bo'ladi.  

✅Tanlov ishtirokchisi    https://t.me/buxorovbk  kanaliga a'zo bo'lishi shart