image description

Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi tomonidan o'quvchi yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning adabiyotga, kitobxonlikka bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Adabiy muhit" loyihasi doirasida  "Yoshlarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini shakllantirish" mavzusida   ijodiy uchrashuv tashkil etiladi.

📚Ijodiy uchrashuvda shoir va yozuvchilar, umumta'lim maktablari o'quvchilari va yosh ijodkorlar ishtirok etadi.

📥 O'tkazish joyi: Kogon tumani 11-umumta'lim maktabi faollar zalida bo'lib o'tadi

📌Barcha yosh ijodkorlarni 2025 yil 14-mart kuni soat 12.00da o'tkaziladigan ijodiy uchrashuvga taklif qilamiz