
📚Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi viloyat Bolalar kutubxonasi kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish hamda ularning ijodiy faoliyatlarini yoritish orqali eng munosiblarini rag‘batlantirish maqsadida "Men g'olibman" loyihasi doirasida "Men sevgan adabiy qahramon" insholar ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichini e’lon qiladi!
📚Tanlov 2025 yil 12-mart kuni soat 9.00da viloyat Bolalar kutubxonasida bo'lib o'tadi.
📌Tanlov shartlari bilan quyidagi nizom (https://telegra.ph/httpstmebuxorovbk-03-03) orqali tanishing!
🎉Ushbu insholar tanlovida faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat Bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!